Hakan Fidan Niderlandiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi
Hakan Fidan ertaga Niderlandiyada hamkasbi Hanke Bruins Slot bilan uchrashadi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ertaga Niderlandiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi.
Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Hakan Fidan Niderlandiyada hamkasbi Hanke Bruins Slot bilan uchrashadi.
Uchrashuv chog‘ida Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibiga to‘liq kirish jarayoni, Bojxona ittifoqini yangilash va Turk fuqarolari uchun vizasiz rejimni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.
Hakan Fidan, niderlandiyalik turklarning bugungi ahvoli bilan o‘tmishda Qur’oni Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarni ham muhokama qiladi.
Uchrashuvda terrorga qarshi kurash va bu borada Turkiya umidlari ham Niderlandiya tomoniga yetkaziladi.
Isroilning Falastinga qarshi uyushtirgan hujumlari, Ukraina va Kipr masalasi bosh bo‘lish bilan birga yaqin mintaqadagi muammolar ham keng ko‘lamli muhokama qilinadi.
Aloqador xabarlar
Jevdet Yilmaz O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Vitse - prezident Jevdet Yilmaz ertaga O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.