Tanzaniya prezidenti Samiya Suluhu Hasan Turkiyaga tashrif buyurmoqda
Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Tanzaniya Birlashgan Respublikasi Prezidenti Samiya Suluhu Hasan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.
Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Tanzaniya o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yaxshilash yo'lida tashlanadigan qadamlar ko'zdan kechiriladi.
Global va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif doirasida Turkiya-Tanzaniya o'rtasida ko'plab sohalarda shartnomalar imzolanishi ko'zda tutilgan.
Aloqador xabarlar
Jevdet Yilmaz O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Vitse - prezident Jevdet Yilmaz ertaga O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.