Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qatarga safar qiladi

Hakan Fidan tashrif chog'ida Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al Tani bilan uchrashadi.

2128184
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qatarga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ertaga, 17 aprel kuni Qatarga tashrif buyuradi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Hakan Fidan tashrif chog'ida Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al Tani bilan uchrashadi.

“Uchrashuvda Turkiya-Qatar munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, Falastindagi vaziyat va mintaqaviy oʻzgarishlar yuzasidan fikr almashiladi”, — deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qatar , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar