Erdo'g’an Qatar Amiri Al Sani bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida global va mintaqaviy muammolar, jumladan Isroilning G'azoga hujumlari va mintaqadagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

2128053
Erdo'g’an Qatar Amiri Al Sani bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida global va mintaqaviy muammolar, jumladan Isroilning G'azoga hujumlari va mintaqadagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

Erdo'g’an Isroilning G’azo sektoridagi shafqatsiz hujumlarini to’xtatish va sodir etayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlar sababli jazolash uchun islom dunyosi birdamlikda sa’y-harakatlarini kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi.

Erdo'g'an mintaqada taranglikning keng tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun imkon qadar tezroq Isroilni tiyib, sog'lom fikr bilan harakat qilishning hayotiy ahamiyatga ega ekanligini bildirdi.

Prezident Erdo'g’an va Qatar Amiri Al Tani fursatdan foydalanib, bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar