Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Hakan Fidan va Entoni Blinken Eron-Isroil mojarolari va mintaqadagi mavjud vaziyatni muhokama qilgan.

2127567
Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Hakan Fidan va Entoni Blinken Eron-Isroil mojarolari va mintaqadagi mavjud vaziyatni muhokama qilgan.

Hakan Fidan Turkiya mintaqadagi inqirozning kuchayishi va tarqalishi ehtimolidan xavotirda ekanligini ma'lum qilgan.

G'azodagi urush Isroil-Eron mojarosi zamirida turganini bildirgan Hakan Fidan Blinkenga zudlik bilan mintaqada sulh e'lon qilinishi va G'azoga "uzluksiz insonparvarlik yordami" yetkazilishi kerakligini, aks holda inqiroz davom etishini eslatdi. 

Uning ta’kidlashicha, Turkiya boshidanoq G‘azodagi inqiroz mintaqaviy mojaroga aylanib ketish xavfi borligini bir necha bor ta’kidlagan”.

AQSh Davlat departamenti voizi Metyu Miller muloqot bilan bog'liq yozma bayonotida Blinken Turkiyaning Yaqin Sharqdagi taranglikni to’xtatishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun Hakan Fidanga minnatdorchilik bildirganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Blinken AQSh Isroil xavfsizligiga sodiqligini ta'kidladi.

Entoni Blinken, shuningdek Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari bilan ham telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat chog’ida Isroil-Eron tarangligi muhokama qilingan.

Eslatish joizki, Isroil 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligi binosiga zarba berdi va Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusidan 7 kishi, jumladan 2 general halok bo'ldi.

Eron hukumati Isroilning bu hujumini  o'z mamlakati hududiga hujum qilish deb atadi va bunga keskin javob qaytarishlarini e'lon qildi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini bildirdi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroil hududiga dron va raketalar orqali hujum uyushtirgani va ba'zi harbiy pozitsiyalarga zarba berilgani xabar qilindi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilindi, biroq raketa janubdagi harbiy bazaga kelib tushdi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar