Turkiya 54 ta mahsulot guruhini Isroilga eksport qilishni cheklashga qaror qildi

Isroilga qarshi cheklov qarori armaturadan tekis po'latga, marmardan keramikagacha bo'lgan mahsulot guruhlarini qamrab olgani ta'kidlandi.

2126144
Turkiya 54 ta mahsulot guruhini Isroilga eksport qilishni cheklashga qaror qildi

 

Turkiya 54 ta mahsulot guruhini Isroilga eksport qilishni cheklashga qaror qildi.

Savdo vazirligining masala yuzasidan bergan bayonotida,

Isroilga qarshi cheklov qarori armaturadan tekis po'latga, marmardan keramikagacha bo'lgan mahsulot guruhlarini qamrab olgani ta'kidlandi.

Bayonotda,

“Turkiya 2024-yil 9-apreldan boshlab ayrim mahsulotlarni Isroilga eksport qilishni cheklashga qaror qildi. Qaror talablari vazirlik tomonidan zudlik bilan amalga oshiriladi.

  “Cheklovlar Isroil G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilmaguncha va yetarli va uzluksiz yordamga ruxsat bermaguncha kuchda qoladi”, — deyiladi xabarda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #cheklash , #eksport , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar