Prezident Erdo’g’an, videomurojaatida fuqarolarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Turkiyaning G'azoga 45 ming tonnadan ortiq yordam materiallari jo'natganini aytdi.

2126298
Prezident Erdo’g’an, videomurojaatida fuqarolarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

 

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, Turkiyaning G'azoga 45 ming tonnadan ortiq yordam materiallari jo'natganini aytdi.

Prezident Erdo’g’an, videomurojaatida fuqarolarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Erdo’g’an xabarida, “Biz Falastin xalqining og’ir damlarida birga ekanligimizni ko’rsatdik” dedi.

“Turkiya sifatida shu kungacha mintaqaga yuborgan umumiy miqdori 45 ming tonnadan oshgan yordam materiali bilan bu qiyin damlarda Falastin xalqining yonida ekanligimizni ko’rsatdik.

“Umid qilamizki, bundan buyon G’azodagi qon to’kilmasin va Falastinlik birodarlarimiz 1967 yil chegaralaridan kelib chiqib, poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan erkin Falastin davlatiga ega bo’lguncha yordamimizni davom ettiramiz” dedi.

Prezident, murojaatida terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlarga ham to’xtaldi.

“PKKdan FETO va DEASHga qadar terror tashkilotlarining mamlakatimiz birligi va xalqimiz tinchligiga qarshi nafas olishiga ruxsat bermaymiz.

“Biz terror botqogʻini oʻz manbasida quritish strategiyamizni qatʼiyat bilan amalga oshirmoqdamiz”, dedi u.

 

 

 



Aloqador xabarlar