Hakan Fidan, Isroilga qarshi bir qator yangi chora-tadbirlar olishga qaror qilganliklarini bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Isroilga qarshi bir qator yangi chora-tadbirlar olishga qaror qilganliklarini bildirdi.

2126129
Hakan Fidan, Isroilga qarshi bir qator yangi chora-tadbirlar olishga qaror qilganliklarini bildirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Isroilga qarshi bir qator yangi chora-tadbirlar olishga qaror qilganliklarini bildirdi.

Fidan, Tashqi ishlar vazirligida Isroilning G'azoga uyushtirgan hujumlari va G'azoga insonparvarlik yordami bilan bog'liq bayonotlar berdi.

Tashqi ishlar vaziri Fidan, Isroilning Turkiyaning Iordaniya orqali G'azoga havo yordami jo'natish talabini rad etishi munosabati bilan, “Isroilning ochlikdan azob chekayotgan G’azoliklarga havo orqali yordam yetkazish urinishimizga to’sqinlik qilishiga hech qanday bahona yo’q. Bu vaziyat oldida Isroilga qarshi bir qator yangi choralar ko‘rishga qaror qildik”. dedi.

Fidan, Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an tomonidan tasdiqlangan bu chora-tadbirlarning kechiktirmasdan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va tegishli muassasalar tomonidan jamoatchilik bilan baham ko'rilishini ta'kidladi.

Bu chora-tadbirlar Isroil sulh e’lon qilmaguncha va insonparvarlik yordamlarining G’azoga uzluksiz yetib borishiga imkon bermaguncha davom etadi”, - deydi u.

Fidan, Turkiyaning G'azoga dengiz va havo orqali yetkazilishi uchun Misrga yuborgan yordamning 42 ming tonnadan oshganini bildirdi.

  Uning aytishicha, bugungi kunga kelib Turkiya G'azoga eng ko'p yordam yuborgan 2 davlatdan biri.

9-yordam kemasining yo'lda ekanligini ifoda etgan Fidan, bir muddatdan beri Iordaniya orqali parashyutlar orqali G'azoga gumanitar yordam yetkazilganini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar