Turkiya AQSH, YI va Armaniston o‘rtasidagi uchrashuvga munosabat bildirdi

Armaniston, Amerika Qo'shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi o'rtasida bo'lib o'tadigan yig'ilish mintaqadagi murakkab muammolarni hal qilish uchun asos bo'lgan betaraflik yondashuviga zarar yetkazadi.

2125207
Turkiya AQSH, YI va Armaniston o‘rtasidagi uchrashuvga munosabat bildirdi

 

Armaniston, Amerika Qo'shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi o'rtasida bo'lib o'tadigan yig'ilish mintaqadagi murakkab muammolarni hal qilish uchun asos bo'lgan betaraflik yondashuviga zarar yetkazadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda Ozarbayjonning 2-Qorabogʻ urushidan keyin (2020-yil noyabr) bosib olingan yerlarini ozod qilgani va Qorabogʻda 19-20-sentabr kunlari oʻtkazilgan aksilterror amaliyoti bilan butun mamlakat ustidan oʻz suverenitetini qayta tiklashi natijasida, mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlik uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelgani qayd etildi.

Ushbu tarixiy imkoniyatning muvaffaqiyatiga juda yaqin bo‘lgan bunday davrda uchinchi shaxslar, ayniqsa, mintaqaviy bo‘lmagan ishtirokchilar jarayonga adolatli va xolis yondashishlari, jarayonga putur yetkazmaslikka harakat qilishi yanada muhimroqdir.

“Shu nuqtai nazardan, 2024-yil 5-aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Armaniston, Yevropa Ittifoqi va AQSh oʻrtasidagi uch tomonlama yigʻilish yechim uchun asos boʻlishi kerak boʻlgan betaraflik yondashuviga putur yetkazishini aniq aytish bizning vazifamizdir. Ozarbayjonni chetlab oʻtgan bu tashabbus Janubiy Kavkazning tinchlikka xizmat qilishdan koʻra geosiyosiy mojaro hududiga aylanishiga yoʻl ochadi”,-deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Bayonotda, uchinchi davlatlarga jarayon doirasida amalga oshiradigan qadamlarda mintaqa parametrlarini hisobga olish va tomonlarga teng masofada yondashish chaqirig'i takrorlandi. Janubiy Kavkazning mintaqada oʻrnatiladigan doimiy tinchlik va barqarorlik negizida yuksalib, munosib mintaqaviy farovonlikka erishishiga toʻliq ishonch borligi qayd etildi.

Turkiya bu mavzuda o'z zimmasiga olgan vazifani bajarishga har doim tayyor ekanligi ta'kidlanib, bundan buyon Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi doimiy tinchlik uchun tarixiy imkoniyatdan foydalanishni rag'batlantirishga davom etishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar