Hakan Fidan Bryusselda Gretsiya TIV rahbari bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Belgiya poytaxti Bryusselda o'tkazilgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi doirasida bir qator diplomatik uchrashuvlarni amalga oshirdi.

2124531
Hakan Fidan Bryusselda Gretsiya TIV rahbari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Belgiya poytaxti Bryusselda o'tkazilgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi doirasida bir qator diplomatik uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Hakan Fidan Gretsiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya va Bolgariya tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Yorgos Lerapetritis bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Vazirlar shuningdek, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning may oyida Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik haqida gaplashdi.

Hakan Fidan Finlyandiya TIV rahbari Elina Valtonen bilan terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik sohasida hamkorlik, ayniqsa Turkiya-Finlyandiya-Shvetsiya uch tomonlama anglashuv memorandumini amalga oshirish kabi mavzularda fikr almashdi.

Vazirlar Turkiya-Finlyandiya diplomatik aloqalari o'rnatilganining 100 yilligi munosabati bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istagini bildirdi.

Hakan Fidanning Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yul bilan bo'lgan uchrashuvida Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi o'zgarishlar va Koreya yarim orolidagi vaziyat muhokama qilindi.

Fidan va Cho iyul oyida imzolangan “Dinamik Turkiya-Koreya munosabatlari uchun yo’l xaritasi” asosida, ayniqsa, mudofaa sanoati, iqtisodiyot va energetika sohalarini qamrab olgan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Vazir Fidan Bolgariya Bosh vazir o'rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Mariya Gabriel bilan ham uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar