Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi mahalliy saylovlarni olqishladi

"Saylov tinch, professinal muhitda o‘tkazilishi Turkiyaning nufuzini oshirib, mamlakat fuqarolari demokratiyaga sodiqligini namoyish qildi",-deydi Jozep Borrel.

2124093
Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi mahalliy saylovlarni olqishladi

 

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Turkiyada bo‘lib o‘tgan mahalliy hukumat idoralariga saylovni olqishladi va Anqarani Yevropa Ittifoqi bilan yanada yaqinlashish uchun islohot o‘tkazishga chaqirdi.

"Saylov tinch, professinal muhitda o‘tkazilishi Turkiyaning nufuzini oshirib, mamlakat fuqarolari demokratiyaga sodiqligini namoyish qildi. Fundamental huquq va demokratiya munosabatimiz asosini tashkil etadi. Umid qilamizki, islohot ustida birga ishlash mamlakatni Yevropa Ittifoqiga yanada yaqinlashtiradi",– deb yozdi mulozim ijtimoiy tarmoq orqali. 

Turkiya 1999-yildan buyon Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomiga ega. Muzokara 2018-yil muzlatilgan. Binobarin, Bryussel noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, xavfsizlik va savdo masalalarida Turkiya bilan aloqani rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlab keladi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar