Istanbulda sodir bo‘lgan yong‘inda 29 kishi halok bo‘ldi

"Gayrettepe tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishini tashkil etdi, bir kishi og'ir jarohat oldi",- dedi Istanbul gubernatori.

2123895
Istanbulda sodir bo‘lgan yong‘inda 29 kishi halok bo‘ldi

 

Istanbulda 16 qavatli turar-joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Istanbul gubernatori ma'lum qildi.

"Gayrettepe tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishini tashkil etdi, bir kishi og'ir jarohat oldi",- dedi Istanbul gubernatori.

Ma'lumotga ko'ra, yong‘in Beshiktosh dahasining markaziy Istanbul tumaniga kiruvchi Gayrettepe hududidagi 16 qavatli binoning yerto‘lasida qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Noma'lum sabablarga ko'ra, yuz bergan yong'in, voqea joyiga jo'natilgan ko'plab o't o'chirish xizmatining sa'y-harakatlari bilan o'chirildi.

Rasmiylar tergov olib borilayotganini ma'lum qildi.

Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya bilan telefonda gaplashib, yong'in haqida ma'lumot oldi.

Yerlikaya voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma'lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #Istanbul

Aloqador xabarlar