Chanoqqal'ada Belarus Respublikasining faxriy konsulligi ochildi

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Belarus tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yuriy Ambrazevich ishtirok etdi.

2123794
Chanoqqal'ada Belarus Respublikasining faxriy konsulligi ochildi

 

Turkiyaning Chanoqqal'a shahrida Belarus Respublikasining faxriy konsulligi ochildi.

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Belarus tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yuriy Ambrazevich ishtirok etdi.

Ambrazevich marosimda so'zlagan nutqida faxriy konsullikning ochilishi Belarus va Turkiya o'rtasidagi aloqalar uchun muhim qadam bo'lganini ta'kidlab, Chanoqqal'aning turk tarixi nuqtai nazaridan juda muhim bir shahar ekanligini ta'kidladi.

“Bu ulug' maskan Turkiya Respublikasi mustaqillik sari ilk qadamlarini tashlagan shahardir”,- deydi u.

Uning ta'kidlashicha, faxriy konsullikning ochilishi ikki tomonlama munosabatlar do‘stona va o‘zaro hurmatga asoslanganidan dalolatdir.

Chanoqqal'a gubernatori Ilhami Aktash ham Chanoqqal'a Belarusning Novogrudok shahri kabi madaniyat va turizm sohasida rivojlanayotgan shahar ekanligini aytdi.

Aktashning so'zlariga ko'ra, Belarus bilan hamkorlik ushbu ikki shahar uchun juda muhim.

Imzolanadigan protokol Chanoqqal’a bilan Belarusning Novogrudok shahri o’rtasida nafaqat do’stona munosabatlar o’rnatilishiga zamin yaratadi, balki savdo, ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida ham hamkorlik qilish imkonini beradi.

Belarusning Chanoqqal'adagi faxriy konsuli Ridvan Demirhan, ikki davlat nomidan aloqalarni maksimal darajaga ko'tarish va mustahkamlash uchun harakat qilishini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Belorus , #Chanoqqal'a

Aloqador xabarlar