Erdo'g'an: "Terrorchilar uchun Turkiya eshiklari yopiq"

Turkiya rahbari "bu yukdan mamlakatning qutulish vaqti kelganini" qayd etdi. Erdo‘g‘an Turkiya muxolifatini terror tashkilotlari bilan aloqadalikda ham aybladi.

2121900
Erdo'g'an: "Terrorchilar uchun Turkiya eshiklari yopiq"

 

Terrorchilar va terrorizmdan siyosiy faoliyat sifatida foydalanayotganlar uchun Turkiya eshiklari yopiqdir.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

"Albatta, biz hamma bilan har qanday masalani gaplashishga tayyormiz, biroq bizning eshiklarimiz terrorchilar hamda terror tashkilotlari niqobi ostida siyosat maydonida o‘ynaganlar uchun yopiq. Turkiya terrorizm uchun 40 yil badal to‘ladi, biz esa yana 40 yil davomida bunga toqat qilmaymiz",-deb yozadi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari "bu yukdan mamlakatning qutulish vaqti kelganini" qayd etdi. Erdo‘g‘an Turkiya muxolifatini terror tashkilotlari bilan aloqadalikda ham aybladi.

Turkiya prezidentining bunday chiqishlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy hokimiyat saylovlari fonida davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar