Turkiya Isroilni G'azo rezolyutsiyasi talablarini bajarishga chaqirdi

Turkiya Isroildan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan G'azo rezolyutsiyasi talablarini imkon qadar tezroq bajarishini talab qildi.

2120172
Turkiya Isroilni G'azo rezolyutsiyasi talablarini bajarishga chaqirdi

 

Turkiya Isroildan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan G'azo rezolyutsiyasi talablarini imkon qadar tezroq bajarishini talab qildi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O'nju Kecheli ma'lum qildi.

U BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan kecha qabul qilingan va G'azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatishga chaqirgan 2728 (2024) sonli qaror haqidagi savolga  javob berdi.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Ramazon oyida G'azoda favqulodda o't ochishni to'xtatish va G'azoga insonparvarlik yordamlari kirishini ta'minlashni talab qilgan qarorini ijobiy qadam deb baholaymiz. Bizning tilagimiz Isroilning iloji boricha bu qarorni tezda bajarishidir",-deydi u.

Kecheli shuningdek, G'azodagi gumanitar falokatga barham berish va Isroil-Falastin masalasiga doimiy yechim topish uchun xalqaro hamjamiyatni Isroilga qarshi mushtarak pozitsiyada turishga chaqirdi.

Eslatma: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Ramazon oyida G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosi doimiy bo‘lmagan a’zolar Jazoir, Ekvador, Gayana, Yaponiya, Malta, Mozambik, Janubiy Koreya, Serra-Leone, Sloveniya va Shveysariya tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya loyihasiga ovoz berdi.

Qaror loyihasi 14 ta yoqlab, 1 nafar betaraf ovoz bilan qabul qilindi. AQSH ovoz berishda betaraf qoldi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar