Turkiya Chernogoriyadagi muhtoj 1150 oilaga gumanitar yordam yubordi

Ramazon oyi davomida G'arbiy Bolqon o'lkalarida o'z faoliyatini davom ettirgan Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), muhtojlarga yordam berishda davom etmoqda.

2119953
Turkiya Chernogoriyadagi muhtoj 1150 oilaga gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya, Chernogoriyadagi muhtoj 1150 oilaga asosiy ehtiyojlardan iborat oziq-ovqat paketlarini tarqatdi.

Ramazon oyi davomida G'arbiy Bolqon o'lkalarida o'z faoliyatini davom ettirgan Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), muhtojlarga yordam berishda davom etmoqda.

Chernogoriya Islom Ittifoqi va TIKA hamda poytaxt Podgoritsa bilan hamkorlikda olib borilgan yordam ishlari doirasida,  Nikshich, Plyevlya, Bijelo Polye, Rozaje va Tuzi shaharlaridagi 1150 oilaga asosiy ehtiyojlar boʻlgan oziq-ovqat posilkalari yetkazib berildi. Turkiyaning Podgoritsadagi elchisi Barish Kalkavan ham Rozaje shahridagi tarqatish marosimida ishtirok etdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Oziq-ovqat , #Chernogoriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar