Erdo’g'an Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdo’g’an, “Buyuk Anqara mitingi”da xalqqa xitob qildi.

2119252
Erdo’g'an Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Rossiyaning poytaxti Moskvada sodir etilgan terror hujumini qoraladi.

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdo’g’an, “Buyuk Anqara mitingi”da xalqqa xitob qildi.

Erdog’an nutqining boshida kecha Moskvada bir konsert zalida sodir etilgan terror hujumi uchun o’z mamlakati va millati nomidan Rossiya hukumatiga hamdardlik bildirdi.

 “Biz begunoh fuqarolarni nishonga olgan bu dahshatli terror xurujini keskin qoralaymiz”, — dedi Prezident.

 “Terrorizm kimdan boʻlishidan va jinoyatchi kim boʻlishidan qatʼi nazar, qabul qilib boʻlmaydi.

Terrorizmning qonli yuzini juda yaxshi bilgan davlat sifatida biz rus xalqining dardiga millat va davlat sifatida sherikmiz. Biz insoniyatning umumiy dushmani terrorizmga qarshi kurashimizni davom ettiramiz”, dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar