PKKga oid 27 ta nuqta havo amaliyotlari orqali yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2117910
PKKga oid 27 ta nuqta havo amaliyotlari orqali yo‘q qilindi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga oid 27 ta nuqta havo amaliyotlari orqali yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Hech qaysi shahidimizning qonini yerda qoldirmadik, qoldirmaymiz ham. Iroq shimolidagi Metina, Zap, Hakurk, Gara va Qandil mintaqasida PKK terror tashkiloti tomonidan foydalanilgani aniqlangan boshpana va g‘orlardan iborat 27 ta nuqta havo amaliyotlari orqali yo‘q qilindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Iroq shimolida, Panja – kalit amaliyoti olib borilgan hududda PKKning hujum tashabbusida bir askar shahid bo‘lar ekan, 4 askar tan jarohati olgan edi.

Ilk aniqlashlarga ko‘ra, 6 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.



Aloqador xabarlar