Oxirgi bir haftada 63 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Poytaxt Anqarada Milliy Mudofaa vazirligida matbuot brifingi uyushtirildi.

2115525
Oxirgi bir haftada 63 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham qarorlilik bilan davom etmoqda.

Poytaxt Anqarada Milliy Mudofaa vazirligida matbuot brifingi uyushtirildi.

Shunga ko‘ra, oxirgi bir haftada 63 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi. Bunga Iroq va Suriya shimolida ta’sirsiz holga keltirilgan terroristlar ham doxildir.

Joriy yilning 1 - yanvaridan beri ta’sirsiz holga keltirilgan terroristlar soni 582 nafarga yetdi. Ulardan 229 nafari Iroq, 353 nafari esa Suriya shimolida qayd etildi.

PKK terror tashkiloti tarkibining tarqashi davom etmoqda.

Va nihoyat, o‘tgan hafta Iroq shimolidagi boshpanalardan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, Haburdagi chegara postiga taslim bo‘ldi.



Aloqador xabarlar