Hakan Fidan Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya TIV rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi

Hakan Fidan Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelganini bildirdi.

2115923
Hakan Fidan Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya TIV rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Iroqqa tashrifini yakunlab, Ozarbayjonga jo’nab ketdi.

Hakan Fidan poytaxt Bakuda Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama tashqi ishlar vazirlarining 9-uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda ma’ruza qilgan Hakan Fidan Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelganini bildirdi.

U shuningdek, Kavkazda doimiy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat mintaqa, balki global xavfsizlik va aloqalar uchun ham nihoyatda muhim ekanini ta’kidlab, “2-Qorabogʻ urushi tugagan 2020-yil noyabr oyidan buyon bu maqsadga erishish yo’lida tarixiy imkoniyat paydo boʻlganiga ishonamiz”,- dedi.

Hakan Fidan mintaqa davlatlaridan "Zengezur yo’lagi" kabi mintaqaviy va global aloqa loyihalarini qo'llab-quvvatlashini iltimos qilishini aytdi.

G'azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatishga chaqirgan Tashqi ishlar vaziri, muborak Ramazon oyida ham g'azoliklarni ochlikka mahkum qilgan Isroil zulmiga chek qo'yishga chaqirdi.

Hakan Fidan Baku uchrashuvlari doirasida hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o'tkazadi. Bundan tashqari, uning 11-Xalqaro Baku Forumida ishtirok etishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar