Anqarada Turkiya-Gretsiya munosabatlari muhokama qilinadi

Bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Burak Akchapar va Gretsiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Aleksandra Papadopulu bugun poytaxt Ankarada muzokara o’tkazadi.

2113850
Anqarada Turkiya-Gretsiya munosabatlari muhokama qilinadi

 

Anqara-Afina munosabatlarini normallashtirish yo'lidagi diplomatik harakatlar davom etmoqda.

Bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Burak Akchapar va Gretsiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Aleksandra Papadopulu bugun poytaxt Ankarada muzokara o’tkazadi.

Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv Turkiya va Gretsiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy muloqot doirasida bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar atroflicha muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuızasidan fikr almashiladi.

Ikki davlat delegatsiyalarining muzokaralari Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning 7 dekabr kuni Gretsiyaga tashrifi chog'ida imzolangan Afina deklaratsiyasining davomi hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar