Strategik mexanizm yigʻilishi doirasida koʻplab masala muhokama qilindi

Hakan Fidan, 7 - 8 mart kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda boʻldi.

2113321
Strategik mexanizm yigʻilishi doirasida koʻplab masala muhokama qilindi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokida AQShda 7 - 8 mart kunlari Strategik mexanizm yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tashqi Ishlar vazirligi bu haqida qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Unda:

“Hakan Fidan bilan Entoni Blinken umumiy rejalarning yo‘lga qo‘yilishi va mavjud xalqaro muammolarni qo‘lga olish imkoni bergan, eng muhimi natijani ko‘zlagan, kelajakni mo‘ljallagan, ikki tomonli ijobiy tusdagi kun tartibiga sodiq ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar. Ikkala vazir Turkiya – AQSh munosabatlarining mintaqaviy ustivorliklari, terrorga qarshi kurash, mudofaa sohasidagi hamkorlik, iqtisodiy o‘sish, savdo, energiya xavfsizligi va iqlim o‘zgarishi kabi turli sohalardagi hamkorlikni qo‘lga oldi”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Hakan Fidan bilan Entoni Blinkenning har qanday terrorizmga qarshi kurash olib borilishi kerakligini ifoda etgani qayd etilgan bayonotda:

“Turkiya bilan AQSh Strategik mexanizm doirasida milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalar savdosiga aloqador tarmoqlarga qarshi kurashish maqsadida terrorizmga qarshi muzokara yuritishni takror boshlashni rejalashtirmoqda”.  – deyildi.

Entoni Blinkenning qayd etishicha Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya va turk manfaatlarini nishonga olgan PKK, DHKP - J va DEASh terror tashkilotini yana bir bor qoralagan.

Mazkur mavzuga e’tibor qaratilgan bayonotda Blinken:

“Turkiya bilan AQSh, DEAShning Suriya va Iroqda butunlay mag‘lub etilishi borasidagi mushtarak qarorliliklarini takrorlab, Afrika va Markaziy Osiyodagi DEASh va al – Qoida bilan aloqasi bor tashkilotlar tug‘dirgan xavfga qarshi hamkorlik qilish masalasini qo‘lga oldi”, - degan ifodalarga o‘rin bergan.

Bayonotda, Hakan Fidan bilan Blinkenning Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini Turkiya bilan AQShning qo‘llab – quvvatlashini yana bir bor ta’kidlagani ifoda etilar ekan:

“Hakan Fidan va Blinken G‘azoda davom etayotgan inqirozni muhokama qilib, diplomatik faoliyatlarini baholadilar. Tomonlar urushni to‘xtatish yo‘li to‘pilishi va tezlik bilan insoniy inqiroz hal qilinishi kerakligini ta’kidladilar. Shuningdek, muammoni ikki davlat asosida hal qilish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Hakan Fidan bilan Blinkenning Suriya inqirozini har jihatdan qo‘lga olganliklari ifoda etilgan bayonotda:

“Turkiya bilan Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik kengashining 2254 – sonli qarori doirasida suriyaliklar rahbarligida, suriyaliklar tanlagan siyosiy jarayonga sodiqligini yana bir bor ta’kidladilar”. – deyildi.

Qo‘shma bayonotda, Turkiya bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining DEASh bilan aloqasi bor mahbuslar bilan Suriyaning shimoliy – sharqida o‘z uy – joyidan mahrum qilingan kishilarni reabilitatsiya qilish, takror o‘z xalqi bilan integratsiya bo‘lishini ta’minlash, munosib tartibda javobgarlikka torta oluvchi davlatlariga qaytarilishining ahamiyati ta’kidladi.

Fidan bilan Blinkenning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyatni muhokama qilgani, barqarorlik va aloqa kanallarini saqlab qolishning ahamiyatiga urg‘u bergani bildirilgan bayonotda:

“Entoni Blinken 2023 – yilning dekabr oyida Afinada uyushtirilgan beshinchi oliy darajali hamkorlik kengashi va Turkiya - Gretsiya oʻrtasida davom etayotgan do‘stona aloqalar va yaxshi qo‘shnichilik deklaratsiyasining imzolanishini ham o‘z ichiga olgan Turkiya – Gretsiya o‘rtasidagi aloqalarni xursandchilik bilan qarshi oldi”. – degan ifodalar o‘rin oldi.

Bayonotda shuningdek, Fidan va Blinkenning Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida muvozanatli va butunlay tinchlik o‘rnashi uchun birgalikda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilgani va bu holatning mintaqaviy barqarorlik, hamkorlik va farovonlikka yordam berishi haqida kelishib olingani bildirildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar