Hakan Fidan IHT yigʻilishida ishtirok etadi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan IHT yigʻilishida ishtirok etadi.

2111060
Hakan Fidan IHT yigʻilishida ishtirok etadi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Saudiya Arabistonining Jidda shahrida boʻlib oʻtadigan Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Hurmatli vazirimiz 2024 - yilning 5 - marti kuni Jidda shahrida boʻlib oʻtadigan va Isroilning Falastin xalqiga qarshi uyushtirgan hujumlari mavzusi muhokama qilinuvchi IHT kengashi yigʻilishida ishtirok etadi”. – deyildi.

Hakan Fidan, 11 - noyabr kuni Riyodda uyushtirilgan Arab ligasi - IHT Favqulodda sammitida qabul qilingan qarorlarni kuzatish maqsadida oʻtkaziluvchi yigʻilish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.



Aloqador xabarlar