Turkiya G'azoga 2700 tonna insonparvarlik yordamini yetkazadi

Bu haqda Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Fatma Merich Yilmaz ma'lum qildi.

2110389
Turkiya G'azoga 2700 tonna insonparvarlik yordamini yetkazadi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Fatma Merich Yilmaz G'azoga taxminan 2700 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berilishini bildirdi.

U shuningdek, Qizil yarim oy jamiyatlari hamkorligida G'azoga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun yana bir kema tayyorlanganini ma'lum qildi.

Hozirda kemaga taxminan 2700 tonna insonparvarlik yordami yuklanmoqda. Kema Mersindan Misrga yo'l oladi.

"Keyin Rafah chegara darvozasidan yuk mashinalari orqali yordam materiallarimiz G'azoga yetkaziladi" dedi Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari. 

G'azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlarida shu kungacha 30 mingdan ortiq odam halok bo'ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar