Chegaralarda 26 kishi qoʻlga olindi

Chegaralarda 26 kishi qoʻlga olindi va ulardan 4 nafari terrorist ekani aniqlandi.

2110219
Chegaralarda 26 kishi qoʻlga olindi

Turk Qurolli kuchlari chegaralarda noqonuniy oʻtishlarga yoʻl qoʻymayapdi.

Gretsiya va Suriya chegaralarida 26 kishi, jumladan 4 nafar terrorist qoʻlga olindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Gretsiyaga va Suriyadan noqonuniy yoʻllar orqali yurtimizga oʻtishga uringan 26 nafar shaxs chegara qoʻshinlarimiz tomonidan qoʻlga olindi”, — deyiladi.

Tergov natijasida qo‘lga olinganlardan 3 nafarining PKK/YPG terror tashkiloti, 1 nafarining esa Fetullohchi terror tashkiloti (FETO) a’zosi ekani aniqlandi.

Bayonotda, “Terrorizmga qarshi kurashimiz chegaralarimizda ham davom etmoqda”, - degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar