Prezident Erdo’g'an 3-Antaliya Diplomatik Forumi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Prezident Erdo'g'an, Antaliya Diplomatik Forumi uchun Turkiyaga tashrif buyurgan Jibuti Prezidenti Ismoil O'mer Guelleh,  Bosniya va Gertsegovina serblar bo'limi prezidenti Milorad Dodik va Esvatini qiroli III. Msvati bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

2109938
Prezident Erdo’g'an 3-Antaliya Diplomatik Forumi doirasida uchrashuvlarini davom   ettirmoqda
viktor orban-erdogan antalya.jpg
barzani-erdogan.jpg
cibuti ismail omer gulle-erdogan.jpg
sirp milorad dodik-erdogan.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an 3-Antaliya Diplomatik Forumi doirasida yig'ilish foliyatini  qizg'in davom ettirmoqda. Prezident Erdo'g'an, Antaliya Diplomatik Forumi uchun Turkiyaga tashrif buyurgan Jibuti Prezidenti Ismoil O'mer Guelleh,  Bosniya va Gertsegovina serblar bo'limi prezidenti Milorad Dodik va Esvatini qiroli III. Msvati bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Prezident Erdog’an Antaliyada Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni ham qabul qildi.

Erdo'g'an, Turkiya va Vengriya o'rtasidagi yaxshi aloqalar iqtisodiyotdan mudofaa sanoatiga, energiyadan transportga qadar ko'p sohada o'sishda davom etishini aytdi.

Prezident Erdo’g’an, xalqaro huquq va inson huquqlariga zid ravishda amalga oshirilgan Isroilning genotsid tashabbusining oldini olishda  barcha davlatlarning mas’uliyati borligini  ta’kidladi. Isroil tomonidan yaqqol ko'rinib turibdiki vayron bo'layotgan begunoh Falastin xalqining hayqirig'ini e'tiborsiz qoldirmaslik kerakligini aytdi.

Erdo'g'an, Turkiyaning to'qnashuv bo'lgan barcha sohalarda tinchlik tarafdori ekanligini va buning uchun kuchli qadamlar tashlashini  davom etishini ma'lum qildi.

Prezident Erdo’g’an, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Nechirvan Barzaniyni ham qabul qildi.

Forumning birinchi kuni (kecha) Prezident Erdo’g’an Turkmaniston Milliy Rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov va Bolgariyalik hamkasbi Rumen Radev bilan uchrashgan edi.

Prezident Erdo’g’anning liderlar bilan o’tkazgan ikki tomonlama uchrashuvlarida mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar va mintaqaviy mavzular muhokama qilinar ekan, asosiy kun tartibi mavzusi G’azodagi insoniy fojia bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar