Erdoʻgʻan o‘z yo‘llarini Turkiya asri loyihasi asosida davom etishlarini qayd etdi

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an, mahalliy saylov mitinglari doirasida Kutahiyada xalqqa xitob etdi.

2108736
Erdoʻgʻan o‘z yo‘llarini Turkiya asri loyihasi asosida davom etishlarini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiya asri loyihasi atrofida birlashib, o‘z yo‘llarini davom etishlarini qayd etdi.

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an, mahalliy saylov mitinglari doirasida Kutahiyada xalqqa xitob etdi.

Erdoʻgʻan, Turkiya qanday qiyinchiliklarga duch kelishidan qat’iy nazar mamlakatni demokratiya va taraqqiyot yoʻlida oʻz maqsadlari sari olib borishga erishganliklarini ifoda etdi.

Milliy birlikni nishonga olgan hujumlarni bartaraf etganliklarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan, terrorga qarshi kurashda buni yaqqol koʻrsatganliklarini bildirdi.

Oʻtgan yilning 6 – fevrali kuni sodir boʻlgan yer silkinishlarining iqtisodiyotga 104 milliard dollar ziyon yetkazgani va iqtisodiy muvozanatni qayta tiklash uchun kuchli bir dastur yoʻlga qoʻyganliklariga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan, joriy yil oxiridan e’tiboran mazkur dasturning ijobiy natijalarini ola boshlashlarini oʻz soʻziga ilova etdi.

Erdoʻgʻan, oʻzlari xohlagan darajaga erishish uchun davlat va xalq sifatida yanada koʻproq harakat qilishlarini ta’kidladi.

Ortidan Prezident Erdoʻgʻan sopol zavodlarining ochilish marosimida ham bayonotlar berdi.

Prezident Erdoʻgʻan unda:

“Investitsiya, bandlik va eksport sohasida oʻsish qayd etishdan voz kechmaymiz. Xalqqa Turkiya asri ustidan va’da berganmiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar