Erdoʻgʻan: Turkiya global kuch boʻlish yoʻlida qat’iy qadam tashlamoqda

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdoʻgʻan, partiyasining Adana shahrida uyushtirilgan mitingida nutq soʻzladi.

2107094
Erdoʻgʻan: Turkiya global kuch boʻlish yoʻlida qat’iy qadam tashlamoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning qayd etishicha, Turkiya global kuch boʻlish yoʻlida qat’iy qadam tashlamoqda.

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdoʻgʻan, partiyasining Adana shahrida uyushtirilgan mitingida nutq soʻzladi.

Turkiyaning tashqi siyosatda mintaqaviy kuch emas, balki global kuch boʻlish yoʻlida qat’iy qadam tashlayotganiga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan:

“Tashqi siyosatda obroʻ - e’tiborimiz ortdi. Uning orqasida kuchli mudofaa sanoati bor. Mudofaa sanoatida tashqariga boʻlgan qaramliligimiz kamaygan sari tashqi siyosatdagi samaradorligimiz chuqur tus oldi. Oʻz vazifamizni boshlagan paytlarda tashqariga 80 foiz qaram edik. Tashqi siyosatda Yevropaning maqtoviga munosib boʻlishga uringan davlat emas balki kuchli qadamlarimiz bilan dunyo tomonidan qoʻllab – quvvatlangan davlatga aylandik”. – deya gapirdi.

Turkiya mudofaa sanoati sohasida katta muvaffaqiyatga erishgani va bugungi kunda dunyoning 34 davlatining samolarini Turkiyaning Qurolli – qurolsiz insonsiz havo vositalari tomonidan himoya qilinayotganini ifoda etgan Prezident:

“Biz Qurolli va qurolsiz insonsiz havo vositasi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrindamiz. Kuchli mudofaa sanoati yordamida dunyoda alohida oʻringa ega boʻldik. Yaqinda KAAN ilk parvozini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi. KAAN orqali beshinchi avlod samolyot ishlab chiqarish kuchiga ega boʻlgan dunyodagi toʻrt davlatdan birimiz. Butun dunyo KAAN haqida gapirmoqda”, - dedi.

“Turkiyaning muvaffaqiyatlari qat’iyatimizni oshirib, doʻst davlatlarga oʻrnak boʻlmoqda” degan Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyani har sohada mustahkamlab, rivojlantirishni davom etishlarini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar