Hakan Fidan G20 tashqi ishlar vazirlari bilan Braziliyada uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan G20 tashqi ishlar vazirlari yig'ilishiga qatnashish uchun borgan Braziliyada uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

2106479
Hakan Fidan G20 tashqi ishlar vazirlari bilan Braziliyada uchrashuvlarini davom ettirmoqda
disisleri bakani alicia barcena-hakan fidan.jpg
fransa avrupa ve dışişleri bakani stephane sejourne-fidan.jpg
suudi arabistan disisleri bakani faisal bin farhan-fidan.jpg
brezilya disisleri bakani mauro vieira-fidan.jpg
afrika uluslararasi iliskiler ve isbirligi bakani naledi pandor-lavrov.jpg

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan G20 tashqi ishlar vazirlari yig'ilishiga qatnashish uchun borgan Braziliyada uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Vazir Fidan Rio-de-Janeyroda rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kelgusi davr uchun rejalashtirilgan oliy darajadagi tashriflar, ikki tomonlama va mintaqaviy voqealar muhokama qilindi.

Vazir Fidan hamkasbiga Ukraina urushida barcha tomonlar ishtirokida diplomatik yechim topilishiga umid qilishini aytdi.Turkiya mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni saqlashga qaratilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ikki vazir G'azodagi og'ir gumanitar vaziyat va tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlarni ham muhokama qildi.

Vazir Fidan Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan bilan ham uchrashdi.

Yig'ilishda, G'azoda favqulodda o't ochishni to'xtatish va ikki davlat yechimi uchun mintaqa davlatlari qilishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilindi.

Bu doirada vazir Fidan hamkasbiga 1-3 mart kunlari bo'lib o'tadigan Antaliya Diplomatik Forumida (ADF) o'tkaziladigan "G'azo paneli" muhim bir fursat bo'lishini ma'lum qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va iqtisodiy aloqalar hamda mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik ham baholandi.

Vazir Fidan Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Stefan Sejourne bilan ham uchrashdi.

Fidanning Sejourne bilan uchrashuvida yuqori darajali tashrif dasturi, mintaqaviy muammolar va Turkiya-Yevropa Ittifoqi (YI) munosabatlari muhokama qilindi.

Fidan, G'azodagi vaziyatning yanada yomonlashuviga yo'l qo'ymaslik uchun shoshilinch choralar ko'rish kerakligini ta'kidladi.

  Uning qayd etishicha, bu borada xalqaro hamjamiyat hamjihatlikda harakat qilishi zarur.

Fidan, Ukrainadagi urushning bu davlatning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligi doirasida hal qilinishi kerakligini ta'kidladi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayonini boshqa nomzod davlatlardan alohida saqlash strategik xato bo’lishini bildirdi.

Vazir Fidan Afrika xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri Naledi Pandor bilan ham uchrashdi.

Fidan, Turkiyaning Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi Xalqaro Adliya sudiga murojaatini qo'llab-quvvatlaganligini bildirdi.

Uchrashuvda Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Cyril Ramaphosaning joriy yil oxirida Turkiyaga amalga oshiradigan rasmiy ziyoratiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

  Ikki tomonlama munosabatlar, iqtisodiyot, savdo, ta’lim va terrorizmga qarshi kurash masalalari ham muhokama qilindi. Fidan Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra va Meksika tashqi ishlar vaziri Alicia Barcena bilan ham alohida uchrashdi.



Aloqador xabarlar