Hakan Fidan amaliy tashrif bilan Braziliyaga ketdi

Hakan Fidan, G - 20 yigʻilishida ishtirok etish uchun Braziliyaga ketdi.

2105436
Hakan Fidan amaliy tashrif bilan Braziliyaga ketdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, G - 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun Braziliyaga ketdi.

G - 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari, Braziliya mezbonligida Rio – de – Janeyro shahrida yigʻilish oʻtkazmoqda.

Ikki kun davom etuvchi yig‘ilishda, xalqaro muammolarni hal qilishdagi G – 20 ning roli va global boshqaruv islohoti muhokama qilinadi.

Unda, Ukraina va Gʻazodagi urushlar ham kun tartibiga olib chiqilishi kutilmoqda.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan yigʻilishda, Turkiyaning global boshqaruv shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashidagi islohot ehtiyojiga boʻlgan koʻz qarashiga e’tibor qaratadi.

Hakan Fidan, shuningdek, Gʻazodagi vahshiylikni toʻxtatish va butunlay tinchlik oʻrnatishning qanchalik muhim ekanini ta’kidlaydi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan, Braziliyada ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Hakan Fidan yigʻilish munosabati bilan shu bilan yigirma beshinchisi uyushtirilgan va Meksika, Indoneziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya ishtirokidagi Tashqi Ishlar vazirlari yigʻilishida ham ishtirok etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Braziliya , #G-20

Aloqador xabarlar