Aliyev Ataturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Ilhom Aliyev, prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga keldi.

2104281
Aliyev Ataturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 7 - fevral kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga keldi.

Aliyev, hamrohligidagi hay’at bilan avvalom bor Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturkning qabri joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi.

Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturk qabriga gulchambar qo‘ygan va u yerda hurmat bajo keltirgan Aliyev, Anitkabir maxsus kitobini imzoladi.

Ilhom Aliyev unda:

“Turk dunyosining buyuk farzandi, iste’dodli qoʻmondon va daho lider Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturkning aziz xotirasini eng samimiy hurmat va ehtirom bilan yodga olaman. Ulugʻ yoʻlboshchi Mustafa Kemal Ataturk, yuz yil muqaddam eng ajoyib asari Turkiya Respublikasini tashkil etish orqali oʻz nomini dunyo tarixi sahifalari bilan xalqining qalbiga oltin harflar bilan abadiy yozib qoldirdi. Mustafa Kemal Ataturk asos solgan davlatning bugungi taraqqiyoti, farovonligi, kuch – qudrati va xalqaro hamjamiyatdagi oʻrnini koʻrishdan Ozarbayjon prezidenti sifatida alohida faxrlandim.

Xalqimizning eng katta boyligi hisoblangan Ozarbayjon - Turkiya o‘rtasidagi mustahkam qardoshlik, birlik va hamjihatlikni asrab – avaylash va uni kelajak avlodlarga tuxfa qilish, strategik ittifoqdoshligimizni har tomonlama rivojlantirish hamda mustahkamlash, ikki davlat oldidagi eng oliy vazifadir. Ozarbayjon quvonchini o‘z quvonchi, qayg‘usini esa o‘z qaygʻusidek koʻrgan buyuk shaxs G‘oziy Mustafa Kemal Ataturkning aziz xotirasi, Ozarbayjon xalqi qalbida hamisha yashaydi. Ruhi shod boʻlsin!” – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar