Hakan Fidan Gretsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vazirligi voizi O'nju Kecheli ma’lum qilishicha, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Turkiya-Gretsiya mujnosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

2104018
Hakan Fidan Gretsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 60-Myunxen Xavfsizlik Konferentsiyasida ishtirok etish maqsadida Germaniyaga safar qildi.

TIV rahbari konferensiya doirasida Gretsiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi voizi O'nju Kecheli ma’lum qilishicha, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Turkiya-Gretsiya mujnosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, 7 dekabr kuni Afinada boʻlib oʻtgan 5-Oliy darajadagi hamkorlik kengashida imzolangan kelishuvlarning davomi, siyosiy muloqotlar kun tartibi va tashlanishi kerak boʻlgan qadamlar ko’zdan kechirildi.

Ishonch chora-tadbirlari doirasidagi muzokaralar ham ko’rib chiqildi.

Uchrashuvda Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisning Anqaraga tashrifiga tayyorgarlik jarayoni ham muhokama qilindi.

Hakan Fidan keyinroq Turkiyaning Myunxendagi Bosh konsulligida nodavlat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar