Yashar Guler Bryusselga ketdi

Mudofaa vaziri Yashar Guler Bryusselga ketdi.

2102509
Yashar Guler Bryusselga ketdi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga ketdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Birlashgan Arab Amirliklari va Misrga bo‘lgan rasmiy tashrifida ishtirok etgan Gulerning Misr ortidan Bryusselga o‘tgani qayd etildi.

Bayonotda, Gulerning NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etishi va ayrim kasbdoshlari bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Yashar Guler , #Bryussel , #NATO

Aloqador xabarlar