Prezident Erdoʻgʻan Gezeravji va oilasini qabul qildi

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyaning inson tomonidan amalga oshirilgan ilk kosmik vazifasini muvaffaqiyatli tamomlab poytaxt Anqaraga qaytgan astronavt Alper Gezeravji va oilasini Esenboʻgʻa aeroportida qabul qildi.

2101220
Prezident Erdoʻgʻan Gezeravji va oilasini qabul qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji va oilasini qabul qildi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyaning inson tomonidan amalga oshirilgan ilk kosmik vazifasini muvaffaqiyatli tamomlab poytaxt Anqaraga qaytgan astronavt Alper Gezeravji va oilasini Esenboʻgʻa aeroportida qabul qildi.

Gezeravji, Xalqaro kosmik stansiyasiga olib chiqqan Turk bayrogʻini Prezident Erdoʻgʻanga topshirdi.

Prezident Erdoʻgʻan Turk bayrogʻini oʻpib, peshonasiga qoʻyish yoʻli bilan qabul qildi.

Gezeravji va oilasini qabulda Prezident Erdoʻgʻanning rafiqasi Emine Erdoʻgʻan, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir va Turkiya Ilmiy – texnik tadqiqotlar boʻyicha kengashi TUBITAK rahbari Hasan Mandal ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar