Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari va Misrga safar qiladi
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an 12-13-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. 14-fevral kuni esa Misrga jo'nab ketadi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an 12-13-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. 14-fevral kuni esa Misrga jo'nab ketadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko'ra, Erdo'g'an tashrif doirasida Dubayda bo'lib o'tadigan Jahon hukumatlar sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, nutq so'zlaydi.
Erdo'g'an shuningdek, bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi rejalangan.
Qohiraga tashrifi chog'ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va yuqori darajadagi hamkorlik mexanizmlarini jonlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Uchrashuvlar chog'ida dolzarb global va mintaqaviy muammolar, ayniqsa Isroilning G'azo va ishg'ol ostidagi Falastin hududiga hujumlarini to'xtatish haqida fikr almashiladi.