Prezident Erdo‘g‘an bilan Alper Gezeravji telefon orqali gaplashdi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji telefon orqali gaplashdi.

2100618
Prezident Erdo‘g‘an bilan Alper Gezeravji telefon orqali gaplashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 18 kun Xalqaro kosmik stansiyasida bo‘lib qaytgan Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji bilan telefon orqali gaplashdi.

O‘z vazifasini muvaffaqiyatli tamomlagan Gezeravjiga minnatdorchilik bildirgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Umid qilamizki Anqaraga kelganingizda ham uchrashamiz va bizga bu jarayon haqida batafsil so‘zlab berasiz. Bundan judayam xursand bo‘lamiz. Bundan buyon ham zimmangizga muhim vazifalar yuklanadi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Gezeravji Prezident Erdo‘g‘anning, “Sog‘ligingiz yaxshimi”, - degan savoliga:

“Xudoga shukur, hammasi joyida”. — deb javob berdi.

Turkiya va kelajak avlodlarga ilhom baxsh etuvchi vazifa tuxfa qilgani uchun Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirgan Gezeravji so‘zlari yakunida:

“Yurtimizni Xalqaro kosmik stansiyasiga ulashgan dunyoning yigirma ikkinchi davlatiga aylantirdingiz. Eng muhimi, shu paytgacha Xalqaro kosmik stansiyasida bajarilgan vazifalar ichida, mashqlarning boshlanishidan vazifalarning ijro etilishiga qadargi jarayonni eng tez yuritgan va tamomlagan davlat bo‘lishga muvaffaq bo‘ldik. Takror mavzu haqidagi qaroringiz va ko‘z qarashingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar