Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji yerga qaytdi

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) janubi - sharqidagi Florida shtati qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi okeanga qo‘ndi.

2100288
Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji yerga qaytdi

Bugun Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji yerga qaytdi.

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) janubi - sharqidagi Florida shtati qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi okeanga qo‘ndi. Eslatib oʻtamiz, ekipaj orasida Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji ham bor.

«Axiom SpaceX» Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyadan yerga qaytish jarayonini jonli efir orqali havola qildi.

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipaji Xalqaro kosmik stansiyadan 7 – fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:20 da yo g‘lga chiqqandi.

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining mahalliy vaqt bilan 18 – yanvar kuni soat 16:49 da (Turkiya vaqti bilan 19 – yanvar 2024 soat 00:49) NASAning Floridadagi Kennedy kosmik markazidan muvaffaqiyatli ravishda kosmosga uloqtirilgandi.

Sayohati qariyb 36 soat davom etgan Axiom - 3 (Ax - 3) ekipaji, 20 – yanvar kuni manzilga yetib borgandi.



Aloqador xabarlar