Erdo’g’an Islom hamkorligi yoshlar forumiga videomurojaat yo’lladi

Erdo’g’an musulmon yoshlarni iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlash, o’ziga ishonchini oshirish yo’lida olib borayotgan keng ko’lamli faoliyatlar munosabati bilan forum yetakchilarini tabrikladi.

2100146
Erdo’g’an Islom hamkorligi yoshlar forumiga videomurojaat yo’lladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulda bo’lib o’tgan Islom Hamkorligi Yoshlar Forumiga videomurojaat yo’lladi.

Erdo’g’an musulmon yoshlarni iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlash, o’ziga ishonchini oshirish yo’lida olib borayotgan keng ko’lamli faoliyatlar munosabati bilan forum yetakchilarini tabrikladi.

"Musulmon yoshlar sifatida 7-oktyabrdan buyon G'azo va ishg'ol qilingan Falastin hududlarida sodir bo'layotgan qirg'inga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishingiz qanchalik hayotiyligini yana bir bor guvohi bo’lib turibmiz. Butun dunyo ko'z o'ngida Isroilning ishg'olchi kuchlari, aksariyati bolalar va ayollar iborat 28 ming falastinlikni vahshiylarcha qatl etdi. Isroilning tinch aholini bevosita nishonga olgan bombardimonlari natijasida 67 mingdan ortiq begunoh falastinlik tan jarohati oldi”,-deydi Turkiya yetakchisi.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, ibodatxonalar, maktablar, shifoxonalar va fuqarolik infratuzilmasi bilan bog'liq barcha ob’yektlar Isroilning hujumlari nishoniga aylandi.

"Turkiya sifatida, falastinlik birodarlarimiz bilan to'liq birgamiz. Biz insonparvarlik yordami yetkazib berishdan tortib, saraton kasallarini mamlakatimizga olib kelish va ularni davolashga qadar ko'plab sa’y-harakatlarni amalga oshirdik. Buni davom ettirishga harakat qilmoqdamiz. Isroil tomonidan sodir etilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va urushlar xalqaro maydonda e'tibordan chetda qolmasligini talab qilaman. Islom davlatlarining G’azodagi Isroil zulmiga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishi uchun diplomatik sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Falastindagi ishg’ol siyosati va qirg’inlar tugagach, 1967-yilgi chegaralardan kelib chiqib, poytaxti Quddus bo’lgan mustaqil, suveren va hududiy yaxlit Falastin davlati barpo etilgunga qadar kurashimizni davom ettiramiz”,- dedi Erdo’g’an.

Prezident shuningdek, Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi Falastin masalasida faol pozitsiyasini qadrlashini qo’shimcha qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar