Gezeravjining ertaga yerga qoʻnishi kutilmoqda

Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravjining ertaga yerga qoʻnishi kutilmoqda.

2099506
Gezeravjining ertaga yerga qoʻnishi kutilmoqda

«Dragon» kosmik kemasi va Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajining 9 – fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) janubi - sharqidagi Florida shtati qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi okeanga tushishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ekipaj orasida Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji ham bor.

«SpaceX» kompaniyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajining 47 soat sayohat qilishi taxmin qilinmoqda.

«Dragon» kosmik kemasining 9 – fevrali kuni AQSh vaqti bilan soat 08:30 dan keyin (Turkiya vaqti bilan 16:30) Florida shtatiga qarashli Daytona Beach shahri qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi okeanga tushishi kutilmoqda.

«Axiom SpaceX» qo‘nish jarayonini mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da (Turkiya vaqti bilan soat 15:25 da) jonli efir orqali bera boshlaydi.

«Dragon» kosmik kemasi kecha Turkiya vaqti bilan soat 17:20 da Xalqaro kosmik stansiyadan yoʻlga chiqqandi.



Aloqador xabarlar