Qirg’iziston transport vaziri Tilek Tekebaev Turkiyaga tashrif buyurdi

Abdulkadir Uralo'g'li Turkiya-Qirg'iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasining 11-yig'ilishi munosabati bilan Anqarada bo’lib turgan Qirg’iziston transport vaziri Tilek Tekebaev bilan uchrashdi.

2099715
Qirg’iziston transport vaziri Tilek Tekebaev Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li yo'l transporti sohasida qo'yiladigan yangi qadamlar Turkiya-Qirg'iziston munosabatlari bilan birga sharq va g'arb o'rtasidagi savdoni yaxshilashini bildirdi.

Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li Turkiya-Qirg'iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasining 11-yig'ilishi munosabati bilan Anqarada bo’lib turgan Qirg’iziston transport vaziri Tilek Tekebaev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Qirg’iziston o’ta mashaqqatli, biroq qimmatli geografiyada joylashganligi ta’kidlandi.

Uralog'lu Turk Davlatlari Tashkilotining oxirgi paytlarda o'ynagan roli juda qimmatli ekanligiga diqqat qaratib, shunday dedi:

"Birinchi marta bir dasturxon atrofida to'planmoqdamiz. Biz buni "Turkiya asri" deymiz, Turkiy davlatlar tashkiloti esa, "Turk asri" deb ataydi. Bu biz uchun haqiqatan ham qadrlidir".

Vazir Uralo'g'li, yo'l transporti sohasida qo'yiladigan yangi qadamlar ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishini ta'kidladi.

"Yo’l transporti boʻyicha qoʻshma komissiya yigʻilishi oxirgi marta 2021-yilda boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda ikki tomonlama va tranzit yuk tashishni liberallashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi. Ushbu qaror bilan ta’minot zanjiridagi o‘zgarishlar va avtotransportga bo‘lgan talab ortib borayotgani hisobga olinsa, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hamda sharq va g‘arb o‘rtasidagi savdo yaxshilanadi, Markaziy koridor yanada mustahkamlanadi”,-deydi Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li.

Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebaev ham logistika iqtisodiyotning muhim qismi ekanligini ta’kidladi.

"Uchrashuvlarimiz juda samarali boʻldi. Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasidagi tijoriy aloqalar soʻnggi paytlarda jadal rivojlanmoqda. Buning eng yaxshi natijasini yuk tashish hajmining koʻpayishida koʻryabmiz. Ikki davlat o‘rtasida avtomobil tashuvlari sohasida tuziladigan kelishuvlar ham shu ma’noda juda muhim. Biz muqobil yo‘laklarni ko‘rib, Turkiya bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilamiz. Turkiya Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida transport sohasida hamkorlik kengaytiriladi”,-deydi Tilek Tekebaev.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tilek Tekebaev , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar