TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2098936
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi «Zaytun novdasi» va «Tinchlik bulogʻi» amaliyoti olib borilgan mintaqalarda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotda:

“Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolidagi Zaytun novdasi va Tinchlik bulogʻi amaliyoti olib borilgan mintaqalarda tinchlik va xavfsizlik muhitini buzish maqsadida hujum uyushtirishga tayyorlangan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terroristni ta’sirsiz holga keltirdi”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar