Kalin Xamas harakati yetakchisi Ismoil Haniyya bilan uchrashdi

Ibrahim Kalin, Dohada Xamas harakati yetakchisi Ismoil Haniyya va hamrohligidagi hay’at bilan uchrashdi.

2097169
Kalin Xamas harakati yetakchisi Ismoil Haniyya bilan uchrashdi

Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) raisi Ibrahim Kalin, Qatar poytaxti Dohada Xamas harakati yetakchisi Ismoil Haniyya va hamrohligidagi hay’at bilan uchrashdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotlarga kora unda asirlar almashinuvi, Gʻazodagi oxirgi vaziyatlar, oʻq uzishni toʻxtatish va qamalni tugatish yoʻllari muhokama qilindi.

Unda shuningdek, Falastin xalqiga insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish masalasida nimalar qilinishi kerakligi masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Eng muhimi, poytaxti Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatining barpo etilishi mintaqadagi barqarorlikning asosi ekani taʼkidlandi.



Aloqador xabarlar