Turkiya bilan Venesuela o‘z munosabatlarini yana – da kengaytirmoqchi

Alparslan Bayraktar, Venesuelaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Prezident Nikolas Maduro bilan uchrashdi.

2096183
Turkiya bilan Venesuela o‘z munosabatlarini yana – da kengaytirmoqchi

Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Venesuelaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Prezident Nikolas Maduro bilan uchrashdi.

Poytaxt Karakasda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan Bayraktar, «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bayonot berdi.

Alparslan Bayraktar unda, “Karakasga bo‘lgan tashrifimiz chog‘ida Venesuela Prezidenti janob Nikolas Maduro bilan ham uchrashish imkoniga ega bo‘ldik. Prezidentlarimiz boshchiligida amalga oshirilgan o‘zaro rasmiy tashriflar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar mustahkam tus oldi. Maqsadimiz mustahkam poydevor ustida tashkil topgan munosabatlarimizni energetika va tog‘ - kon sanoati sohasidagi hamkorligimiz bilan yana - da kengaytirishdir”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vitse - prezident Delsi Rodriges bilan bo‘lgan uchrashuviga ham to‘xtalgan Bayraktar, “Karakasga bo‘lgan tashrifimiz doirasida Venesuela birinchi vitse - prezidenti janob Delsi Rodriges bilan ham samarali uchrashuv o‘tkazdik. Venesuela bilan energetika va tog‘ – kon sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan faoliyatlarni qo‘lga oldik”, - deya gapirdi.

Nikolas Maduro esa, Venesuelaga rasmiy tashrif uyushtirgan Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar bilan bo‘lgan uchrashuvini, “Alparslan Bayraktar bilan ajoyib uchrashuv”, - degan so‘zlar bilan baholadi.

Maduro, «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Alparslan Bayraktar bilan uyushtirgan uchrashuv haqidagi fotosuratlarga ham o‘rin berib, “Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar bilan ajoyib uchrashuv. Har ikki davlat manfaatini ko‘zlagan savdo oldi – sottimizni orttirish maqsadida energetika va tog‘ – kon mavzularidagi hamkorligimizni rivojlantirish ustidan fikr almashdik”. – dedi. 



Aloqador xabarlar