Erdo'g'an Turkiya o‘z raketasini koinotga uchirishini aytdi

“Kelgusi yillarda biz ushbu dasturlar doirasida tayyorlagan kosmonavtlar bilan o‘z raketamizni koinotga jo‘natamiz”, deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.

2094992
Erdo'g'an Turkiya o‘z raketasini koinotga uchirishini aytdi

 

Turkiya o‘z raketasini koinotga uchirmoqchi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Eskishehirda yoshlar oldidagi nutqida aytib o'tdi.

Erdo‘g‘an o‘z nutqida Turkiyaning astronavtlar tayyorlash dasturini tilga olgan va uni Turkiyaning kosmik tadqiqotlardagi yangi tarixiy qadami deb atagan.

“Kelgusi yillarda biz ushbu dasturlar doirasida tayyorlagan kosmonavtlar bilan o‘z raketamizni koinotga jo‘natamiz”, deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 12 sentyabr kuni NASA va “Axiom Space” “SpaceX AX-3” (“Axiom Mission 3”) kosmik missiyasi ekipajini shakllantirish ishlari yakunlanganini e’lon qilgan edi, uning tarkibiga Alper Gezeravji ham kiritilgan. U Turkiya tarixidagi birinchi kosmonavtga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar