Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Bahraynga tashrif buyurdi

Numan Kurtulmush Bahraynga tashrifi doirasida Qirol Hamad Bin Iso Al Halifa bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

2094921
Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Bahraynga tashrif buyurdi

 

Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Bahraynga tashrifi doirasida Qirol Hamad Bin Iso Al Halifa bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Numan Kurtulmush va Al Halifa uchrashuvi Qirollik saroyida bo'lib o'tgan. Kurtulmush uchrashuvda do’st va qardosh Bahrayn davlatida bo’lishdan mamnunligini bildirgan.

Tashrif doirasida Bahrayn Vakillar Palatasi va Sho'ro Kengashi rahbari bilan samarali uchrashuvlar o’tkazildi.

Turkiya bilan Bahrayn o’rtasidagi aloqalarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ancha yuqori darajaga chiqishiga ishonch bildirildi.

Bahrayn Qiroli Al Halifa, Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmushning tashrifidan mamnunligini bildirib, parlamentlarning sa’y-harakatlari bilan ikki davlat o’rtasidagi aloqalar har sohada oldinga siljishiga ishonganini qayd etdi.

Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Bahraynga tashrifini yakunlab, Birlashgan Arab Amirliklariga safar qiladi.

Kurtulmush poytaxt Abu Dabida Harbiy Elektronik Sanoati ASELSANning BAAdagi vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etadi va BAA Federal Milliy Kengashi Rahbari Saqr Ghobash va BAA Prezidenti Mohammed bin Zayed Al Nahyan bilan uchrashadi.


Tanlangan kalimalar: #Bahrayn , #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar