Fidan Albaniya, Bolgariya va Ruminiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi
Tashqi Ishlar vazirligi, Fidanning rasmiy tashriflari haqida yozma ravishda bayonot berdi.
2094321
Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan 28 - 31 yanvar kunlari Albaniya, Bolgariya va Ruminiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi.
Tashqi Ishlar vazirligi, Fidanning rasmiy tashriflari haqida yozma ravishda bayonot berdi.
Bayonotda Fidanning Albaniya, Bolgariya va Ruminiyaga tashrif uyushtirishi, unda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar bilan bir qatorda ikki tomonlama munosabatlarning muhokama qilinishi ifoda etildi.
Bayonotda shuningdek, Tashqi Ishlar vaziri Fidanning tashriflari munosabati bilan turk ishbilarmonlari va turk jamiyati vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazishi qayd etildi.