Elchilar Prezident Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdilar

Elchilar kecha Prezidentlik kulliyasida Prezident Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdilar.

2092542
Elchilar Prezident Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdilar

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida Avstriya elchisi Gabriele Juen, Tunis elchisi Ahmed Ben Sghaier, Singapur elchisi Li Peng Kok va Portugaliya elchisi Mariya Virjiniya Mendes Da Silva Pinani qabul qildi.

Qabul chog‘ida elchilar Prezident Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdilar.

Ortidan elchilar bilan hamrohligidagi hay’atlar, Prezident Erdo‘g‘an bilan esdalik uchun suratga tushdi.



Aloqador xabarlar