Diyarbakirlik onalardan yana biri farzandini bag‘riga bosdi

Bundan 11 yil muqaddam, 2013 - yili PKK terror tashkiloti tomonidan tog‘larga o‘g‘irlab ketilgan Z.J. nomli shaxs, jandarmeriyaning ko‘ndirish harakatlari natijasida xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

2092896
Diyarbakirlik onalardan yana biri farzandini bag‘riga bosdi

Farzandlari PKK terror tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgan diyarbakirlik onalardan yana biri farzandini bag‘riga bosdi.

Bundan 11 yil muqaddam, 2013 - yili PKK terror tashkiloti tomonidan tog‘larga o‘g‘irlab ketilgan Z.J. nomli shaxs, jandarmeriyaning ko‘ndirish harakatlari natijasida xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

Yuqorida ham qayd etilganidek bundan 11 yil muqaddam, 17 yoshida aldanib qolgan Z.J. oilasi bilan uchrashtirildi.

Diyarbakirdagi uchrashuv hayajonli lahzalarga sahna bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv orqali XDP, boshqacha qilib aytganda Xalqlarning Demokratik partiyasining Diyarbakirdagi viloyat boshqarmasi binosi oldida intizorlik bilan farzandlarini kutib, oxir oqibat farzandlarini terror tashkiloti changalidan qutqargan oilalar soni 49 taga yetdi.



Aloqador xabarlar