Yashar Guler mudofaa sanoati sohasida olib borilgan faoliyatlarni baholadi

Yashar Guler kecha Qoniyada mudofaa sanoati sohasida olib borilgan faoliyatlarni baholadi.

2092198
Yashar Guler mudofaa sanoati sohasida olib borilgan faoliyatlarni baholadi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Gulerning qayd etishicha, Turkiya mahalliy qurol ishlab chiqarish sarmoyalari orqali dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan biriga aylandi.

Yashar Guler kecha Qoniyada mudofaa sanoati sohasida olib borilgan faoliyatlarni baholadi.

Mudofaa sohasida tashlagan shaxdam qadamlar, Turkiyani boshqa davlatlardan ajratib turishini ta’kidlagan Guler:

“Oxirgi marotaba bundan 3 kun oldin mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan kemalarimiz va insonsiz dengiz transport vositalarimizni qahramon armiyamiz inventarizatsiyasi ro‘yhatiga kiritdik. Turkiya asri loyihasi asosidagi rejalarimizga muvofiq faqatgina quruqlik, dengiz va havo platformalarida emas ayni vaqtda kiber va kosmik sohalarda ham muhim loyihalarni boshladik”. - dedi.

Mahalliy va milliy qurol ishlab chiqarishdagi faoliyatlar jadal tusda davom etishiga e’tibor qaratgan Yashar Guler:

“Milliy Mudofaa vazirligi sifatida mahalliy va milliy mudofaa sanoatimizning rivojlantirilishi doxil yurtimiz va olijanob xalqimizning kelajagi uchun kechayu kunduz yana – da buyuk va kuchli Turkiya uchun ishlashni davom etamiz”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar