Hakan Fidan Busaidiy bilan muloqot qilib Haniyyani qabul qildi

Hakan Fidan Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Xamas Siyosiy byurosi rahbari Haniyyani qabul qildi.

2091562
Hakan Fidan Busaidiy bilan muloqot qilib Haniyyani qabul qildi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Ummon Tashqi Ishlar vaziri Sayyid Badr al - Busaidiy bilan uchrashdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Hakan Fidan Sayyid Bedr al -Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Unda G‘azodagi oxirgi vaziyat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari qo‘lga olindi.

Hakan Fidan poytaxt Anqarada Falastin qarshilik harakati Xamas Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyyani qabul qildi.

Mazkur qabul chog‘ida G‘azoda imkon qadar tezroq o‘q uzishni to‘xtatish zarurligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, insonparvarlik yordamlarini ko‘paytirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qadamlar baholandi.

Shuningdek, garovga olinganlarni ozod qilish va butunlay tinchlik o‘rnatish uchun muammoni ikki davlat asosida hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish masalalari qo‘lga olindi.



Aloqador xabarlar